23:20 / 19.05.2018
19335

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi bilan muborakbod etdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Andijon viloyati Ulug‘nor tumani hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari so‘zining boshida barchani Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan muborakbod etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining matbuot xizmati.

«Mamlakatimiz musulmonlarini, aziz xalqimizni Muborak Ramazon oyi bilan chin yurakdan tabriklayman. Ro‘zadorlarga sihat-salomatlik,  sabr-qanoat tilayman. Yaratgandan barcha savob ishlarimizni o‘z dargohida qabul qilishini, yurtimizga fayzu baraka yog‘dirishini so‘raymiz», — degan Shavkat Mirziyoyev.
 

Mavzuga oid
Top