00:59 / 20.05.2018
41788

Prezident xususiylashtirish siyosati noto‘g‘ri amalga oshirilgani haqida fikr bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xususiylashtirish noto‘g‘ri amalga oshirilishi tufayli xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani haqida fikr bildirdi. Davlat rahbari bu haqda Ulug‘nor tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma'lum qilgan. 

"Hozir shartnoma tuzayotgan davlatlar nega bizga ishonmoqda? Chunki, tartib, intizom borligi uchun, millat birlashgani uchun. Bitta millatda Qodirovga o‘xshagan o‘g‘rilik qilsa, u millat bo‘lolmaydi, hech qachon. Nima, Milliy xavfsizlikda o‘tirganlar uning o‘g‘riligini bilmaganmi? Sherik bo‘lgan, asli. Yoki Andijon viloyatida xususiylashtirilgan korxonalar qaysi familiyaga rasmiylashtirilganini bilmaydimi? Hamma biladi. Endi unaqalar bo‘lmaydi. O‘zi xususiylashtirish noto‘g‘ri bo‘lgan, shu ishni qilgan odam o‘zbek millatiga xiyonat qilgan.

Agar Andijonda o‘sha korxonalar turganda, kunimizga yarardi. Xususiylashtirishga qo‘l qo‘yishdan avval, oladigan odam korxonani sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak edi. U nima uchun qo‘l qo‘ygan, boshqa davlat olib ketsin, deb qo‘l qo‘ygandi. Millatim uchun, deb emas. Millatda esa pul bo‘lmagan. Hamma narsa bo‘m-bo‘sh bo‘lib yotibdi", deydi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyevning ta'kidlashicha, bundan keyin ko‘p masalalarni hokim hal qiladi. 

"U - Prezidentning vakili, viloyat va tumanda boshliq. U davrlar o‘tib bo‘ldi, hokimning obro‘yini sharmanda qildik. Hokimni sharmanda qilsa, Prezidentni sharmanda qildi demak. Hokim bittayu bitta Konstitutsiya va Prezidentga bo‘ysunadi. Oldin, oddiy serjant hokim haqida kichkina qog‘ozga ma'lumotnoma yozib topshirgan. Qani endi o‘sha tashkilotning o‘zi ham halol bo‘lganda edi", deb so‘zida davom etgan Prezident.

Mavzuga oid
Top