11:24 / 31.05.2018
4147

Toshkent viloyatida “Har bir bolaga mehr, e'tibor!” shiori ostida festival tashkil etildi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi 124-maxsus maktab internatda “Har bir bolaga mehr, e'tibor!” shiori ostida sport festivali tashkil etildi. Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent viloyati filiali tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar maktabida uyushtirilgan festival “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan o‘tkazildi. Bu haqda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi KUN.UZ’ga ma'lum qilmoqda.

Foto: Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi 

Ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘quvchi yoshlar 2 guruhga bo‘linib o‘zaro bellashdilar. Musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Ta'kidlanishicha, sport tadbiri bayramga aylanib ketgan va “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” arafasida bolalarga bayramona kayfiyat ulashgan.

Tadbir so‘ngida g‘olib jamoa hamda o‘quvchi yoshlarga Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent viloyati filiali tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.

Foto: Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi 

Ma'lum qilinishicha, mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy sportni  yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida ”gi  PQ-3031-sonli  qarorlarini ijrosini ta'minlash, shuningdek Toshkent viloyatida ommaviy sportni keng rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb qilish maqsadida tashkil etilgan.

Top