16:37 / 01.06.2018
6590

Ispaniya bosh vaziri lavozimidan chetlatildi

Foto: FRANCISCO SECO /AP

Ispaniya parlamenti mamlakat hukumati va bosh vaziri Mariano Raxoyga impichment e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Ta'kidlanishicha, bunday qaror 2013 yilda avj olgan va hozirgacha surishtiruvdan o‘tkazilayotgan korrupsiya mojarosi tufayli qabul qilingan.

Impichment tashabbusi bilan Sotsialistik partiya yetakchisi Pedro Sanches chiqqan. Taklifni 180 parlamentariy qo‘llab-quvvatladi, yana 169 nafari qarshi chiqdi, bir kishi betaraf qoldi.

Mamlakatning yangi bosh vaziri etib Sanchesning o‘zi saylandi. Kutilishicha, u dushanba kuni lavozimni egallaydi, shundan so‘ng yangi hukumat tarkibi shakllantiriladi.

Foto: REUTERS

 

Mavzuga oid
Top