16:13 / 01.06.2018
14401

Trampni «Al-Qoida» yetakchisi bilan taqqoslashdi

Foto: Jahi Chikwendiu/The Washington Post

AQShda kongressga saylovlarda Demokratik partiyadan ishtirok etayotgan nomzod Den Xelmer mamlakat prezidenti Donald Trampni «Al-Qoida» yetakchisi Usama bin Lodin bilan taqqosladi. bu haqda The USA Today xabar bermoqda.

Xelmer saylovoldi roligida shu haqda ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 11 sentabrdagi teraktlardan so‘ng Amerika demokratiyasi uchun eng katta tahdid Oq uyning ichida o‘tiribdi.

«Hech kim, hattoki prezident ham qonundan yuqori tura olmaydi», - deya ta'kidlab o‘tgan Xelmer.

Avvalroq, FQB sobiq rahbari Jyeyms Komi o‘z memuarlarida AQSh prezidenti Donald Trampni mafiyachi bilan tenglashtirgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Tramp o‘z shtabidagi josus haqida aytgandi.

Mavzuga oid
Top