18:30 / 06.06.2018
6898

«Manchester Siti» jahon chempionatiga eng ko‘p futbolchi jo‘natdi

Jahon chempionatida ishtirok etadigan 736 nafar futbolchidan 74% Yevropa klublari vakillaridir.

Yevropa klublari uyushmasi ma'lumotiga ko‘ra, 544 nafar futbolchi mundialda Ko‘hna Qit'a klublari o‘yinchilaridir.

Eng ko‘p futbolchi Angliyaning «Manchester Siti» klubidan keladi - 16 nafar. «Real» - 15, «Barselona» esa 14 nafar futbolchini turnirga jo‘natadi.

Qizig‘i shundaki, Angliya terma jamoasining barcha 23 futbolchisi qadrdon chempionatida to‘p tepadi. Shvetsiya terma jamoasida esa aksincha, mahalliy chempionatdan biror futbolchi yo‘q.

Top