21:50 / 08.06.2018
16716

«Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi rahbari lavozimdan ozod etildi

Vazirlar Mahkamasi «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorini lavozimdan ozod qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Unga ko‘ra, Sulaymon Xudayqulovich Xudayqulov pensiyaga chiqishi munosabati bilan «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorligidan ketgan.

Ma'lumot uchun, «Davlat belgisi»​ davlat ishlab chiqarish birlashmasi — qalbakilashtirishdan himoyalangan qimmatli qog‘ozlar, pasport qog‘ozlari, aksiz markalar uchun qog‘ozlar, pul bosiladigan qog‘ozlar, banknotlar, sertifikatlar, lotereya biletlari, veksellar, cheklar, aksiz​ va pochta markalari, kolleksiya va esdalik tangalari to‘plami, esdalik nishonlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi birlashmadir.​

Top