23:50 / 08.06.2018
9492

O‘rtoqlik o‘yinlari. Xorvatiya va Eron g‘alaba qozonishdi

Foto: Getty Images

Dunyo terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishmoqda.

Xorvatiya terma jamoasi o‘z maydonida Senegalni qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi. 

Eron terma jamoasi Rossiyada Litva bilan bellashib, so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya, Senegal va Eron bo‘lajak jahon chempionati ishtirokchilaridir.

O‘rtoqlik o‘yinlari
8 iyun

Xorvatiya - Senegal - 2:1
Gollar: 
Perishich (63), Kramarich (78) - Sarr (48)

Eron - Litva  - 1:0
Gol:
 Ansorifard (88)

Top