08:10 / 11.06.2018
13500

Tramp yana Tryudoni tanqid qildi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoni yana keskin tanqid ostiga oldi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

Trampning o‘z xabarida yozishicha, Kanada «AQSh bilan savdo qilishdan taxminan 100 mlrd dollar» oladi. Shu bilan birga, u Kanada tomonining qandaydir rasmiy hujjatini tilga olgan, biroq, gap qaysi davr haqida ketayotganiga oydinlik kiritmagan.

«Aftidan, ular rosa maqtangan edi, biroq yolg‘on fosh bo‘ldi. Shundan so‘ng Jastin Tryudo uni javob berishga chaqirishganida, o‘zini xuddi haqoratlangandek tutmoqda», - deya yozgan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Fransiya va Kanadani ayblagandi.

Mavzuga oid
Top