15:34 / 18.06.2018
18411

Wi-Fi metroning qaysi bekatlarida paydo bo‘ldi?

Foto: KUN.UZ

Toshkent metrosining “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlarida Wi-Fi sinov tariqasida ishga tushirildi. Bu haqda Repost xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, internet test rejimi ishlamoqda va tashqi saytlarga ulana olmaydi. Simsiz tarmoq orqali faqat metropoliten resurslari bilan tanishish mumkin, u kitoblar, musiqalar va foydali axborotlarni qamrab oladi. Kelgusida OAV saytlariga ham kirish imkoniyati yaratiladi. O‘zbekistonni diqqatga sazovor joylari haqida ma'lumot beruvchi elektron gidlar paydo bo‘ladi.

Sinov rejimi Mustaqillik kunigacha nihoyasiga yetishi aytilyapti.

Mavzuga oid
Top