20:17 / 19.06.2018
58644

Samarqanddagi Siyob kanalida tushunarsiz suv oqmoqda (video)

Samarqand shahrini kesib o‘tuvchi Siyob kanalida sutday oq va to‘q yashil rangli o‘tkir, badbo‘y hidli suv oqib kelmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda.

Manbaning yozishicha, Konigil, Galaosiyo, Ulug‘bek observatoriyasi va Doniyor payg‘ambar majmuasi oldidan oqib o‘tuvchi mazkur kanal atrofida yashovchi aholi hamda hududga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar bu vaziyatdan aziyat chekyapti.

Qayd qilinishicha, bu holat tez-tez takrorlanmoqda va suv zaharli bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.

Top