09:15 / 19.06.2018
20353

“Tasodifmi yoki ...”: 7 ming km uzoqlikda bo‘lgan yapon futbolchilari yurtlaridagi zilzila vaqtida sirena tovushidan uyg‘onib ketdilar 

Foto: AP

Rossiyaning Yaponiyadan 7 ming km uzoqlikda joylashgan Saransk shahrida, Yaponiya terma jamoasi futbolchilari to‘xtagan mehmonxonada 18 iyunga o‘tar kechasi tasodifan yong‘inga qarshi sirena ishlab ketgan. Sirenaning ishlab ketishi Yaponiyaning Osaka prefekturasida zilzila yuz bergan vaqtga to‘g‘ri kelgan.

“Kechasi sirena Yaponiyada zilzila yuz bergan vaqtda ishlab ketdi. Shu sababli ba'zi o‘yinchilar yaxshi uxlay olmaganlar va toliqqan holda bo‘lganlar. Bu ularga ta'sir qildi”, deb aytgan Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Akira Nisino.

Yaponiya terma jamoasining yarim himoyachisi Makoto Xasebe qattiq uyquda bo‘lgani sababli sirena ovozini eshitmaganini aytgan.

“Kechasi mehmonxonada, tonggi soat 5larda (Yaponiya vaqti bilan) sirena yangray boshlagan. U xato tufayli 15 daqiqa tinmay yangragan, biroq meni uyg‘ota olmagan. Bu haqda yaxshisi murabbiydan so‘ragan ma'qulroq”, deb aytgan Xasebe.

Yaponiya terma jamoasi 19 iyunda Saranskda Kolumbiyaga qarshi o‘yin bilan jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi. 

18 iyun ertalab Osaka prefekturasining shimoliy qismida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan, 350dan ko‘proq kishi jarohat olgan. 

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top