01:03 / 20.06.2018
22299

JCh-2018. Rossiya Misrni yengib, pley-off yo‘llanmasini deyarli hal qildi

Jahon chempionati 2-turining ilk o‘yinida Rossiya terma jamoasi Misr bilan kuch sinashdi. "Krestovskiy" stadionida kechgan o‘yin 3:1 hisobida rossiyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. 

Ikkinchi bo‘limning 2-daqiqasida Fatxi o‘z darvozasiga gol kiritib, Rossiyani hisobda oldinga olib chiqdi. 59-daqiqada Cherishev ham o‘z hisobiga 1ta gol yozib qo‘ydi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Dzyuba hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Misr terma jamoasining yagona goli 73-daqiqada Salohning 11 metrlik zarbadan aniq foydalanishi evaziga kiritildi. 

2-turdan so‘ng Rossiya terma jamoasi 6 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib oldi. Urugvay 1 o‘yin kam o‘tkazgan holda 3 ochko to‘plagan. Misr hamda Saudiya Arabistoni hozircha ochko qo‘lga kiritishmadi. 

A guruhi

Rossiya – Misr 3:1 
Gollar:
1:0 – 47, avtogol Fatxi, 2:0 – 59 Cherishev, 3:0 – 62 Dzyuba, 3:1 – 73, penalti Saloh.
Rossiya – Akinfeyev, Ignashevich, Kutepov, Fernandes, Jirkov (Kudryashov, 86), Gazinskiy, Zobnin, Golovin, Samedov, Cherishev (Kuzyayev, 74), Dzyuba (Smolov, 79).
Misr – El-Shenavi, Gabr, Abdel-Shafi, Fatxi, Xegazi, El-Nenni (Uarda, 64), Xamed, El-Said, Trezege (Sobxi, 68), Moxsen (Kaxraba, 82), Saloh.
Ogohlantirishlar: Trezege (57), Smolov (84).

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top