10:59 / 21.06.2018
5341

Vashington Tramp va Putinning uchrashuvi iyulda bo‘lib o‘tishini xohlamoqda

Foto: Mixail Mettsel/TASS

AQSh ma'muriyati vakillari Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning uchrashuvi iyul oyida bo‘lib o‘tishidan umid qilmoqda. Bu haqda The Times gazetasi Britaniya hukumatidagi manbalarga asosan xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Vashingtonda mamlakatlar yetakchilari 11 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Bryusseldagi NATO sammitiga qadar yoki undan avval, yoxud Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifidan so‘ng uchrashishini xohlashmoqda. Donald Tramp Britaniyaga Shimoliy Atlantika Alyansi davlatlari vakillari sammitidan so‘ng borishi rejalashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, uchrashuv joyi sifatida Vena tanlanishi ehtimolga yaqin, sababi u yerda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti qarorgohi bor - AQSh hamda Rossiya bu tashkilotning a'zosi sanaladi.

Britaniya hukumatidagi manbalardan birining qayd etishicha, hukumatga uchrashuv Trampning Britaniyaga tashrifidan so‘ng bo‘lib o‘tishi qulayroq. Boshqa bir manbaning ta'kidlashicha, Tramp va Putinning NATO sammitiga qadar ehtimoliy muloqoti «tashvishga» sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin va Tramp nega uchrashishi kerakligi aytilgandi

Mavzuga oid
Top