21:50 / 21.06.2018
10164

JCh-2018. Fransiya Peruni yengib, keyingi bosqichga chiqdi

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.

S guruhida Fransiya va Peru terma jamoalari bellashdi. O‘yin taqdirini birinchi bo‘limda urilgan gol hal qildi.

34-daqiqada Jiru darvoza tomon zarba yo‘llaganida, darvozabon to‘pni qaytara olmadi va u Mbappega kelib tushdi. Yosh hujumchi esa uni bo‘sh qolgan darvozaga kiritdi.

Bu g‘alabadan so‘ng, Fransiya 6 ochko jamg‘arib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Har ikkala o‘yinni yutqazgan Peru esa 3-turdan so‘ng, uyiga ravona bo‘ladi.

JCh-2018, S guruhi
Fransiya – Peru 1:0
(1:0, 0:0)
21 iyun, «Yekaterinburg-Arena» 
Gol: 1:0 – 34 Mbappe. 
Fransiya – Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Pogba (Nzonzi, 89), Kante, Matyuidi, Grizmann (Fekir, 80), Jiru, Mbappe (Dembele, 75).
Peru – Galese, Ramos, Trauko, Advinkula, Rodriges (Santamariya, 46), Kueva (Ruidias, 82), Yotun (Farfan, 46), Flores, Akino, Karrilo, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Matyuidi (16), Gerrero (23), Akino (81), Pogba (86).

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top