09:34 / 30.06.2018
9748

Pentagon Germaniya hududidan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish qanchaga tushishini baholamoqda

Foto: Stringer/Epa-Efe/Rex/Shutterstock

AQSh Mudofaa vazirligi Germaniyadagi harbiy bazalardan amerikalik qo‘shinlarni olib chiqib ketish qanchaga tushishi va bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin ekanini tahlil qilmoqda. Bu haqda The Washington Post manbalarga asosan xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Pentagon harbiylarni olib chiqishning aniq variantlarini ko‘rib chiqmayapti, balki ma'lumotni faqat tahlil qilmoqda.

Xabar berilishicha, kontingentni olib chiqish imkoniyati AQSh prezidenti Donald Trampda 2018 yil boshida qiziqish uyg‘otgan, sababi u AQSh ishtiroki ko‘lamidan norozi bo‘lgan va boshqa mamlakatlar umumiy xavfsizlikka kam hissa qo‘shayotgani hamda mudofaaga yetarlicha mablag‘ yo‘naltirmayotganidan shikoyat qilgan.

Pentagon vakili Erik Paonning aytishicha, AQSh GFRdan qo‘shinlarni butunlay yoki qisman olib chiqib ketishni rejalashtirmayapti. Uning ma'lum qilishicha, Pentagonda bunday tadqiqotlar muntazam ravishda o‘tkaziladi.

Top