15:50 / 30.06.2018
14471

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (O‘zJOKU)ning rahbar xodimlari tasdiqlandi. 

Jumladan, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Alisher Matyoqubov universitetning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan. Filologiya fanlari doktori, professor Fayzulla Mo‘minov “Ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha prorektor”, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nozima Muratova “Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar” fakulteti dekani lavozimiga tasdiqlangan.

dotsent Alisher Matyoqubov
professor Fayzulla Mo‘minov
dotsent Nozima Muratova
Top