03:26 / 02.07.2018
22363

JCh-2018. Rossiya – Xorvatiya – 1/4 finalning navbatdagi juftligi

Foto: Getty Images

Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionatining 1/8 finalida Daniya ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida xorvatiyaliklarning qo‘li baland keldi. 

Shu tariqa, Xorvatiya terma jamoasi 1/4 finaliga yo‘l oldi va unda musobaqa mezboni Rossiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 7 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan 23:00 da Sochidagi "Fisht" stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1/4 finaliga Fransiya hamda Urugvay terma jamoalari chiqqan edi. 

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top