16:30 / 12.07.2018
15671

Xorvatiya hukumati a'zolari yig‘ilishga terma jamoa futbolkalarida kelishdi

Xorvatiya hukumati a'zolari milliy terma jamoaning jahon chempionati finaliga chiqishiga original tarzda reaksiya bildirishdi.

Bugun, 12 iyul kuni o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishiga vazirlar Xorvatiya terma jamoasi liboslarida kelishgan.

Xorvatiya terma jamoasi yarim final uchrashuvida Angliya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Bu terma jamoaning 1998 yildagi rekordi yangilanishi bo‘ldi, o‘shanda xorvatlar mundial yarim finaliga qadar yetib borishgandi.

Xorvatiya terma jamoasi endi 15 iyul kuni Moskvadagi «Lujniki» o‘yingohida Fransiya termasiga qarshi final uchrashuvida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich futbolning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. U turnir mobaynida Rossiyaga borib, oddiy muxlislar qatorida terma jamoa o‘yinlarini kuzatib kelmoqda.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top