22:20 / 14.07.2018
9483

AQShda eng eski raketa uchirish minoralari buzib tashlandi (video)

Foto: Ben Cooper / LaunchPhotography.com

AQShdagi Kanaveral burnida AQSh harbiy-havo kuchlari raketa majmuasidagi ikkita minora portlatib yuborildi. 

1957 yildan beri u yerdan koinotga yuzlab kemalar, jumladan Spirit va Opportunity marsoxodlari jo‘natilgan. Umumiy hisobda kosmodromdagi bu eng eski minoralar 325 ta puskni amalga oshirishda qo‘llangan. Ta'kidlanishicha, bu minoralardan oxirgi pusk 7 yil avval amalga oshirilgan.

Kosmodromdan start olgan raketalardan eng mashhurlaridan biri Thor-Able raketasi bo‘lgan. U 1959 yilda orbitaga Explorer-6 sun'iy yo‘ldoshini olib chiqqan. Bu qurilma orbitadan sayyoramizning ilk suratlarini olgan.

Minoralar Moon Express xususiy kompaniyasi start maydonchasi uchun joy bo‘shatish maqsadida buzib tashlandi. Bu kompaniya Oyda foydali qazilmalar olish bilan shug‘ullanmoqchi.

Mavzuga oid
Top