01:14 / 28.07.2018
4548

Hindistondagi kuchli yomg‘irlar 27 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: AP / Rajesh Kumar Singh

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida kuchli yomg‘irlar oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali ma'lum qildi. 

Shuningdek, 12 kishi jabr ko‘rgan.   

Uttar-Pradesh bosh vaziri Yogi Adityanatx mahalliy hokimiyat idoralariga qutqaruv operatsiyalari va uylari vayron bo‘lganlarga qonunga muvofiq moliyaviy yordam ko‘rsatishni boshlashga ko‘rsatma bergan. 

Hindiston meteorologik xizmati bunday kuchli yog‘ingarchilik shtatning ko‘plab hududlarida davom etishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Top