O‘zbekiston | 09:25 / 28.07.2018
8581
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda milliy elektron kutubxona tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy umumta'lim elektron kutubxona” loyihasini amalga oshirish va respublikamizda elektron  axborot-kutubxona  tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar axborot-kutubxona markazlari xodimlari ishtirok etdilar. Unda mutaxassislar uchun yaqinda Janubiy Koreya Respublikasida shu soha bo‘yicha malaka oshirib qaytgan kutubxonachilar hamda xorijlik mutaxassislar elektron turdagi axborot-kutubxona resurslarini ko‘paytirish va ulardan internet tarmog‘i orqali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalarini berdilar.

Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev so‘zga chiqar ekan, milliy umumta'lim elektron kutubxona loyihasini amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad axborot-kutubxona tizimini yanada rivojlantirish, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish sifatini yuksaltirish ekanini alohida qayd etdi. “Janubiy Koreya tajribasi asosida tashkil etilayotgan milliy elektron kutubxona mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishda olimlarga ularning tadqiqotlar olib borishida eng yaqin yordamchi bo‘lishi zarur. Ayniqsa, ular uchun tashkil etiladigan maxsus bo‘lim dunyodagi yetakchi ilmiy kutubxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish, zarur manbalardan to‘siqsiz foydalanish imkonini berish kerak”  deb ta'kidladi.

Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 
Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

Shuningdek davra suhbatida o‘z ma'ruzasi bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari U.Teshabayeva so‘zga chiqar ekan, u “Milliy umumta'lim elektron kutubxona” loyihasini texnik jihatdan ta'minlash ishlari Koreya Respublikasining LG CNS kompaniyasiga topshirilganligi, loyiha doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  “Raqamlashtirish va skanerlash”, “Multimedia” markazlari tashkil etilayotganligi, bugungi kunda zarur texnik jihozlarni olib kelish va joylashtirish bilan bog‘liq  ishlar o‘z yakuniga yetayotganligi haqida gapirib o‘tdi. 

Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

Xalqaro seminar-treningda ishtirok etishdan ko‘zlangan yana bir ustuvor maqsad “Milliy umumta'lim elektron kutubxona” loyihasi tizimini yaratish strategiyasi, ma'lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlari, loyiha dizayni va ilg‘or tajribalarni o‘rganish, Janubiy Koreya Respublikasining kutubxonachiligiga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar bazasi bilan yaqindan tanishib, ilg‘or namunalarni mamlakatimiz kutubxonalari faoliyatini takomillashtirish jarayonida qo‘llash va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etish kerakligini ta'kidladi.

Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 
Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

Milliy umumta'lim elektron kutubxona loyiha menejyeri Tomas Kim hisobot ma'ruzasi bilan qatnashib, mazkur loyihaning mohiyati va ahamiyati, bugungi kunda loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berib o‘tdi. 

Mavzuga oid