Jahon | 17:49 / 31.07.2018
3746
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy chet elliklarning kompaniyalar sotib olishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi

Foto: Aly Song/Reuters

Xitoy Savdo vazirligi xorijiy sarmoyadorlar tomonidan Xitoy kompaniyalarini sotib olish qoidalarini o‘zgartirish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda «Kommersant'» gazetasi qator xorijiy ommaviy axborot vositalariga tayanib yozmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Xitoy vazirligi Xitoyda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarga strategik investitsiyalar minimal muddatini hozirgi uch yildan 12 oygacha qisqartirish taklifi bilan chiqqan.

Bir necha ekspertlarning fikriga ko‘ra, ushbu takliflardagi eng asosiy narsa - Xitoy hukumati xorijliklarning Xitoy kompaniyalari aksiyalarini xarid qilish bo‘yicha kelishuvlarni bloklashi mumkin bo‘ladi. Bunda bitim mamlakat milliy manfaatlariga ziyon yetkazishi haqidagi xulosaga kelish kifoya qiladi. 

Mavzuga oid