Malayziya fuqarolik aviatsiyasi rahbari izsiz g‘oyib bo‘lgan Boeing haqidagi hisobotdan so‘ng iste'foga chiqdi
Malayziya fuqarolik aviatsiyasi departamenti rahbari Azharuddin Abd Rahmon Hind okeani uzra g‘oyib bo‘lgan Malayziyaning Boeing-777 samolyoti bo‘yicha yakuniy hisobot e'lon qilingach, iste'foga chiqish haqida ariza berdi. Bu haqda The Star gazetasi saytida xabar qilingan.
Rahbar o‘z iste'fosini tergov davomida nazoratchilar ishida aniqlangan buzilishlar bilan bog‘ladi, biroq hujjatda u rahbarlik qilayotgan departamentga nisbatan bevosita ayblovlar yo‘q.
«Komissiya hisoboti fuqarolik aviatsiyasi departamentiga MN370 reysining halokati uchun mas'uliyat yuklamasligiga qaramay, hisobotda Kuala-Lumpur aeroporti aviadispetcherlik xizmati ishi bilan bog‘liq bir nechta aniq xulosa bor. U yerda havo harakatini nazorat qilishning standart jarayonlari dispetcherlar tomonidan buzilgani haqida so‘z yuritiladi», - deya ma'lum qilgan Abd Rahmon.
Ta'kidlanishicha, u seshanba kuni ertalab iste'foga chiqqan bo‘lib, qaror 14 kundan keyin kuchga kiradi.
Mavzuga oid
21:30 / 30.12.2024
Telegram Malayziyada litsenziya olish uchun ariza berdi
19:09 / 20.12.2024
Malayziya 10 yil oldin yo‘qolgan MH370 reysini qidirish ishlarini qayta boshlashga qaror qildi
14:10 / 20.12.2024
Malayziya banki O‘zbekistonda o‘z filialini tashkil etishi mumkin
10:55 / 18.12.2024