00:06 / 31.07.2018
7844

Server Jyeparov Qozog‘iston klubiga o‘tdi

O‘zbekiston terma jamoasining 35 yoshli yarimhimyaochisi rasman Qozog‘istonning «Jyetisu» klubi futbolchisiga aylandi.

Qozog‘iston klubi bilan shartnoma imzolagani haqida futbolchining o‘zi Sports.kz’ga ma'lum qilgan.

Hujumkor havbek Server Jyeparov 9 karra O‘zbekiston chempioni (6 marta «Paxtakor» bilan, 2 marta «Bunyodkor» bilan, 1 marta «Lokomotiv» bilan),

Janubiy Koreya chempioni («Seul» bilan), Saudiya Arabistoni chempioni («Ash-Shabob» bilan) hisoblanadi. 

2008 va 2011 yillarda Osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida futbolchi 126 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. So‘nggi

paytlarda u Eron chempionatida Tehronning «Istiqlol», so‘ngra Isfahonning «Sipohon» klublarida o‘ynayotgan edi. 

Top