Jamiyat | 10:17 / 31.07.2018
6506
1 daqiqa o‘qiladi

O‘g‘irlik jinoyatini ayol kishi sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

Namangan shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Shu yil 14 may kuni noma'lum shaxs “Go‘zal” MFYda yashovchi D.U. ismli ayolning uyiga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonasidan umumiy qiymati 6 mln 100 ming so‘mlik bo‘lgan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan G.U. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mavzuga oid