18:48 / 01.08.2018
12769

Tojikistonda Rossiya harbiy bazasiga hujum qilishni rejalashtirgan terrorchilar qo‘lga olindi

Foto: Sputnik / Iskandar Aminov

Tojikistonda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Rossiya harbiy bazasiga hujum qilishni rejalashtirgan yashirin terrorchilik yacheykasini zararsizlantirdi. Bu haqda RIA «Novosti» respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining jamoatchilik bilan aloqalar markaziga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Tojikistonda taqiqlangan «Islomiy uyg‘onish partiyasi»ning 14 nafar a'zosi fevral oyida qo‘lga olingan. Ular martda, Navro‘z bayramini nishonlash vaqtida teraktlar sodir etishni rejalashtirgan.

Respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, tashkilotchilar Afg‘onistondagi Jalolobod shahrida tayyorgarlikdan o‘tgan, shundan so‘ng IShID guruhi tarkibida harbiy harakatlarda ishtirok etgan.

Top