08:42 / 04.08.2018
7759

O‘zbekistonlik razvedkachilar “ArMI - 2018” musobaqasining uchinchi bosqichida ikkinchi o‘rinni egallashdi

2 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurti dala-o‘quv maydonida bo‘lib o‘tayotgan “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” musobaqasining uchinchi bosqichi – “Razvedkachi so‘qmog‘i” to‘siqlar yo‘lagini yengib o‘tishda O‘zbekiston harbiylari ikkinchi o‘rinni qayd etishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda razvedka bo‘linmalari to‘liq tarkibda va jangovar ekipirovkada 22 ta to‘siqdan, jumladan, taxtadan va toshdan qilingan to‘siqlar, tik devor, uzun ustunli simli to‘siq, suvli chuqur va NATO standartidagi to‘siqlardan iborat, uzunligi 800 metrdan ko‘proq bo‘lgan “Razvedkachi so‘qmog‘i” to‘siqlari yo‘lagini yengib o‘tishi shart edi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ta'kidlash lozimki, musobaqaning 3-bosqichi yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik razvedkachilar jamoasi umumjamoa hisobida hozircha 2-o‘rinda
borishmoqda.

 

Mavzuga oid
Top