15:31 / 08.08.2018
14885

8 avgust kungi test sinovlarining 1-smenasida 105 nafar abituriyent chetlashtirildi

Foto: Facebook/Aziz Abduhakimov

Respublika oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining sakkizinchi kuni 1-smenasida 13 ta oliy ta'lim muassasalarining 23 ta ta'lim yo‘nalishida test sinovlari bir vaqtda soat 8:00 dan boshlanib, 11:30 ga qadar to‘liq yakunlandi.

Test sinovlarida 29 ming 150 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, test sinovlarida 895 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 105 nafar abituriyent, shundan 48 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgalar o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 57 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga, boshqa abituriyentga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta'lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 380 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.

Test natijalari Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda Davlat test markaziga 2-cmena yakunlangandan so‘ng 18.30 dan qaytarish boshlanadi.

Top