19:06 / 08.08.2018
24130

Xitoyda to‘rt ko‘zli va ikki og‘izli mutant-buzoq tug‘ildi

Foto: ASIA WIRE

Xitoyning Shensi viloyatidagi Dungou qishlog‘ida ikki boshli buzoq tug‘ildi. Bu haqda Daily Mirror xabar bermoqda.

«Avvaliga buni sezmadim. Shunchaki boshi odatdagidan kattaroq ekan deb o‘yladim. Keyin yaqinroq borib uning boshi ikkita ekanligini ko‘rdim», - deydi uning egasi Fen Venxun.

Butun qishloqdagilar g‘aroyib buzoqni ko‘rgani kelishdi. Mutaxassis Tsindu U Veyning aytishicha, buzoqda ikkinchi boshning paydo bo‘lishi  genetik mutatsiya bilan izohlanadi.  

Top