19:18 / 13.08.2018
11523

Erdo‘g‘an: AQSh Turkiyaning ortidan pichoq urmoqchi  

AQSh Turkiyaning ortidan pichoq urmoqchi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo‘g‘an Anqarada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bir tomondan ittifoqchidek harakat qilmoqda, boshqa tomondan esa «o‘zining strategik sherigining oyog‘iga o‘q uzmoqda». «Biza NATOda birgamiz, keyin esa ortimizdan pichoq urishga urinyapsiz», — dedi u. 

Shu bilan birga Erdo‘g‘an milliy valyuta — turk lirasi tez orada qulashdan to‘xtaydi va me'yoriy darajaga qaytadi deb hisoblaydi. Prezident shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga hujum davom etishini kutmoqda, deb yozadi Reuters.

Turk lirasi bir necha haftadan beri qiyin ahvolda turibdi, biroq deyarli 20 foizga qulash atigi bir kunning ichida yuz berdi - bu Turkiya iqtisodiyoti uchun rekord. Prezident Erdo‘g‘an fuqarolarni banklarga barcha pullarini olib borishga chaqirmoqda.

Yil boshidan buyon turk lirasi o‘z qiymatining 27 foizini yo‘qotdi. 13 avgust kuni 1 AQSh dollari 7,1 turk lirasiga sotilgan.

AQSh prezidenti Donald Trampning turk po‘lat va alyuminiysiga bojlarni ikki barobarga oshirish haqidagi qarori lira qulashini yanada kuchaytirdi. 

Top