14:51 / 13.08.2018
11455

UZINFOCOM‘da o‘zgarish: eski rahbar yana lavozimiga qaytdi

Foto: protoday.uz

Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM bosh direktori tayinlandi. Bu haqda kompaniya saytidagi rahbariyat bo‘limi ma'lumotlarida ko‘rsatilgan.

Jaloliddin Rahimov bu lavozimda 2018 yilning may oyidan buyon vaqtinchalik bosh direktor bo‘lib kelgan Aleksandr Ugay o‘rniga tayinlangan. 

Jaloliddin Rahimov bunga qadar uzoq muddat UZINFOCOM markazini boshqarib borgan. U 2005—2012 yillarda markaz direktori bo‘lgan.

Top