15:23 / 18.08.2018
32110

FIFA O‘zbekiston terma jamoasiga Mersedes sovg‘a qildi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun yangi avtobus sovg‘a qilinishini va'da bergan edi.

Bu avtobus yurtimizga yetib keldi, deb xabar beradi O‘FA sayti. 

Foto: O‘FA

Mercedes Travego M rusumidagi avtobus 46 o‘rindiqli bo‘lib, barcha qulayliklarga ega va zamonaviy vositalar bilan jihozlangan.
 
Shu paytga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in davomida hamda o‘yinlarga borish uchun klublardan olingan avtobuslardan foydalanib kelgan. Endi terma jamoamizning o‘z avtobusi bor. 

Bu avtobus milliy ramzlarimiz va O‘FA logolari bilan bezatiladi hamda yig‘in va o‘yinlar davomida milliy terma jamoamiz futbolchilari uchun xizmatga shay bo‘ladi.

Foto: O‘FA
Foto: O‘FA
Foto: O‘FA
Top