17:15 / 24.08.2018
11347

Osiyo o‘yinlari. Denis Istomin finalga chiqdi

O‘zbekiston tennis jamoasi yetakchisi Denis Istomin Osiyo o‘yinlari finaliga yo‘l oldi.

U yarim finalda hindistonlik Gunnesvaran Prayneshni 2 set davom etgan bahsda 6:2, 6:2 hisoblarida mag‘lub etdi.

Endi Istomin finalda Li Dukhe (Janubiy Koreya) va Vu Yibing (Xitoy) o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Turnirga birinchi raqamli raketka sifatida tashrif buyurgan Istomin yarim finalga qadar pokistonlik Aqil Xonni 6:3, 6:1 hisoblarida, xitoylik Jang Jijyengni 6:4, 6:3 hisoblarida, qozog‘istonlik Aleksandr Bublikni 6:1, 3:0 hisoblarida (texnik g‘alaba) mag‘lubiyatga uchratgandi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston nomidan Osiyo o‘yinlariga yo‘l olgan 8 nafar tennischidan faqat Denis Istomingina finalga yetib keldi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev

 

Mavzuga oid
Top