O‘zbekiston | 08:57 / 25.08.2018
36050
1 daqiqa o‘qiladi
O‘qituvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun pul to‘laydilarmi?
Mehnat kodeksiga muvofiq ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan umumta'lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta'lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart.
“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tish munosabati bilan xodimdan pul undirilmaydi, shuningdek tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Mavzuga oid
16:01 / 28.10.2024
Qibrayda bepul tibbiy ko‘rik uchun o‘qituvchilardan pul olinayotgani aytilmoqda
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
15:27 / 19.07.2023
O‘qituvchilar malakasini oshiruvchi institutda milliardlab pullar “yeb ketilgani” aytilmoqda
21:45 / 01.07.2023