08:28 / 28.08.2018
4766

Tryudo Tramp bilan «konstruktiv muzokaralar» o‘tkazdi

Foto: AP/ Evan Vucci

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo AQSh prezidenti Donald Tramp bilan «konstruktiv muzokaralar» o‘tkazdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bugun bosh vazir AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Shimoliy Amerika erkin savdo hududi bo‘yicha konstruktiv muloqot o‘tkazdi. Yetakchilar Meksika bilan muhokamalarda erishilgan kelishuvni ma'qullashdi, hamda ularning vakillari shu hafta uchrashib, muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlashini sabrsizlik bilan kutishmoqda», - deyiladi bayonotda.

Avvalroq, Kanada tashqi ishlar vaziri Xristya Friland Vashingtonda AQSh va Meksika o‘rtasidagi savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralarni olib borish maqsadida Ukrainaga rejalashtirilgan tashrifini bekor qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top