Gruziya va O‘zbekiston rossiyaliklar uchun kuz faslidagi eng ommabop yo‘nalishlarga aylandi, deb xabar bermoqda Tutu.ru sayohat servisi.
Mutaxassislar 2018 yil 1 sentabrdan 30 noyabrgacha rasmiylashtirilgan aviachiptalarni tahlil qilib chiqishdi. Natijalardan ma'lum bo‘lishicha, sotilgan barcha chiptalarning 20%i
Gruziya va O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Italiya, Isroil, Ispaniya, Moldaviya, Armaniston, Germaniya, Ozarbayjon va Chernogoriya ro‘yxatning yuqori qismidan o‘rin olgan.
Tahlilchilarning aytishlaricha, aviachiptalarga o‘rtacha narxlar o‘tgan yilning kuzidagiga nisbatan 16%ga qimmatlashgan. O‘zbekistonga parvoz esa joriy yilning kuzida arzonlashgan.
O‘tgan yili Moldaviya,Qozog‘iston va Gruziya eng ommabop yo‘nalishlar deb topilgandi.