17:59 / 31.08.2018
6680

Yevropa ligasida 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

Monako shahrida o‘tkazilgan Yevropa ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi.

Turnir g‘olibiga aylangan «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann bu sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

27 yoshli fransiyalik turnirning 9ta o‘yinida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 2ta golga hammualliflik qildi. Sovringa undan tashqari «Atletiko» himoyachisi Diyego Godin va «Marsel» yarimhimoyachisi Dmitri Payyet ham da'vogarlik qilgan edi. 

Ovoz berish jarayonida Yevropa Ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan barcha 48ta klubning bosh murabbiyi, shuningdek UYeFA a'zosi bo‘lgan mamlakatlardan 55 nafar jurnalist ishtirok etdi.

Top