23:17 / 31.08.2018
7503

Tereza Meyga suiqasd qilishni rejalashtirgan London fuqarosi bir umrga qamaldi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

London fuqarosi Naimur Zaxariya Rahmon Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning hayotiga suiqasd qilishni rejalashtirgani uchun bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi.

London jinoyat sudi ma'lumotiga ko‘ra, Rahmon umrining qolgan qismini qamoqda o‘tkazadi, bunda 30 yil davomida muddatidan oldin ozodlikka chiqish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Xabar qilinishicha, Rahmon Dauning-strit ko‘chasidagi Britaniya bosh vaziri qarorgohi oldidagi darvozani portlatishni hamda yuzaga kelgan vahimadan foydalanib Meyni pichoq yordamida o‘ldirishni rejalashtirgan.

Mavzuga oid
Top