20:35 / 31.08.2018
28563

Tojikiston prezidentining o‘g‘li «Oltin toj» ordeni bilan mukofotlandi

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 9 sentabr kuni nishonlanadigan mamlakat mustaqilligi bayrami arafasida turli soha xodimlarini davlat mukofotlari bilan mukofotladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Mukofotlanganlar orasida prezidentining to‘ng‘ich o‘g‘li – Dushanbe shahri raisi Rustami Emomali ham bor. U «davlat hokimiyati ijroiya organida munosib va samarali faoliyati» uchun 2-darajali «Zarrintoch» («Oltin toj») ordeni bilan mukofotlandi.

«Zarrintoch» ordeni bilan munosib xizmatlari, faol davlat va ijtimoiy siyosiy faoliyat olib borgan, demokratik va iqtisodiy islohotlar o‘tkazishda yuksak natijalarga erishgan, mamlakat fan va madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan respublika fuqarolari mukofotlanadi.

Top