20:26 / 03.09.2018
16365

Yilning eng chiroyli goli sovrini uchun kurashuvchilar ma'lum bo‘ldi

Foto: FIFA

FIFA 2018 yilning eng chiroyli goli uchun topshiriladigan Ferents Pushkash nomidagi sovrin uchun kurashadigan futbolchilarni e'lon qildi.

Ular - Denis Cherishev (Rossiya terma jamoasi), Garet Beyl («Real»), Lazaros Xristodulopulos («Olimpiakos»), Krishtianu Ronaldu («Real»/»Yuventus»), Jorjian de Arraskaeta («Kruzeyro»), Rayli Makgri («Nyukasl Jyets»), Lionel Messi («Barselona»), Benjamen Pavar (Fransiya terma jamoasi), Rikardu Kuarejma (Portugaliya terma jamoasi), Muhammad Saloh («Liverpul»).

G‘olib nomi 24 sentabr kuni Londonda o‘tkaziladigan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida e'lon qilinadi.

 

Top