09:41 / 05.09.2018
22886

Video: dayver akulani karaxt qilib qo‘ydi

Foto: Christian Torres

Bagam orollarida dayver akulani karaxt ahvolga solib qo‘ydi. Videoga Daily Mail nashri e'tibor qaratdi.

Tryuk akvalangchi Li Kobb (Leigh Cobb) tomonidan amalga oshirildi. Avvaliga u Emma laqabli besh metrlik akulaga baliq bergan, so‘ng uni karaxt ahvolga solib qo‘ygan. Dayver uni ehtiyotkorlik bilan boshini pastga o‘girgan, keyin baliq o‘ziga keldi va suzib ketdi. Boshqa akulalar ro‘y berayotgan holatga hech qanday reaksiya bildirmagan.

Videoni ekvadorlik 41 yoshli fotosuratchi va dayving bo‘yicha yo‘riqchi Kristian Torres (Christian Torres) tasvirga oldi. U Emmani Yo‘lbars plyajidagi eng mashhur akula, deb atadi.

Nashrning aniqlik kiritishicha, dayver akulani tanatoz holatiga tushirib qo‘ygan. Bu himoya reaksiyasi bo‘lib, unda ayrim hayvonlar, masalan, opossumlar (Amerikada yashaydigan qopchiqli kalamush) xavf o‘tib ketishi uchun xuddi o‘lgandek tasavvur uyg‘otadi.

Akulalarga bag‘ishlangan The Shark Trust portaliga ko‘ra, bu holat yirtqich baliqlarda ularning ma'lum bir sezgich nuqtalarini rag‘batlantirish orqali paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu usul ko‘pincha tadqiqotchilar tomonidan qo‘llaniladi. 

Mavzuga oid
Top