23:13 / 09.09.2018
10055

Tramp Kim Chen Inga minnatdorlik bildirdi

Foto: AFP 2018 / Saul Loeb

AQSh prezidenti Donald Tramp 9 sentabrda Shimoliy Koreya tashkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan Pxenyanda o‘tgan harbiy paradga izoh berdi.

“Shimoliy Koreya tashkil etilganining 70 yilligini nishonlab, odatdagidan farqli ravishda, yadroviy raketalar namoyishisiz parad o‘tkazdi. Parad mavzusi – tinchlik va iqtisodiy rivojlanish”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Tramp ko‘plab mutaxassislar fikrlariga iqtibos keltirgan holda Fox News telekanali Shimoliy Koreyaning bu ishi Trampga Pxenyanning yadroviysizlanishga sodiqligini namoyish qilishga qaratilgani haqidagi ta'kidini eslab o‘tdi.

“Rahmat, Kim. Biz ikkimiz ularning barchasi nohaqligini isbotlaymiz! Bir-biriga yoqadigan ikki kishining suhbatidan yaxshiroq narsa yo‘q! Vaziyat men lavozimimni bajarishga kirishganimgacha bo‘lganidan ancha yaxshi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

Pxenyanda o‘tgan parad davomida Shimoliy Koreyaning og‘ir harbiy texnikasi namunalari namoyish qilingan, biroq qit'alararo va ballistik raketalar olib o‘tilmagan. Kuzatuvchilarning fikricha, bu holat Shimoliy Koreya va AQSh munosabatlari yaxshilangani bilan bog‘langan.

Mavzuga oid
Top