07:32 / 11.09.2018
10751

Video: hayvonot bog‘i ishchilari endigina tug‘ilgan zebrani cho‘kib ketishdan qutqarib qolishdi

Foto: Videodan kadr

Valensiya bioparki xodimlarining yangi tug‘ilgan zebrani cho‘kib ketishdan qutqarib qolgani tasvirlangan holat videoga tushib qoldi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Hayvon tug‘ilganidan so‘ng qoqilib ketgan va suv havzasiga tushib ketgan. Kichkina zebra suvda bo‘lganida, hayajonlangan onasi qirg‘oq bo‘ylab yurib, unga yordam berishga urindi.

Biroq, uning tug‘ilishi jarayonini biopark xodimlari kuzatib borayotgandi. Ular o‘z vaqtida kichkina zebraga yordam berishga ulgurishdi.

Xabar qilinishicha, hozirgi paytda hayvon bilan hammasi yaxshi.

Mavzuga oid
Top