21:20 / 17.09.2018
5120

Venesuela prezidentini haqorat qilgan o‘t o‘chiruvchilarga 20 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda

Venesuelada prezident Nikolas Maduro haqida hajviy video suratga olib, unda prezidentni “eshak” deb atagan ikki o‘t o‘chiruvchi qo‘lga olindi. Ularga ushbu ishlari uchun 20 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda, deb ma'lum qildi The Independent nashri. 

Videoda eshak o‘t o‘chirish bo‘limi bo‘ylab yetaklab yurilib, kadr ortidagi ovoz eshakni “prezident”ligini, u bu joyda o‘tning sifatini tekshirayotganini aytadi. Gap shundaki, Maduro familiyasiga qofiyadosh burro, ya'ni ispanchadan “eshak” so‘zi sababli raqiblari orasida shunday laqab olgan.    

Video mualliflari topilib, hibsga olingan. Ta'kidlanishicha, ikkala ayblanuvchi ham o‘t o‘chirish xizmatida 10 yildan ko‘proq ishlagan bo‘lib, ular olgan video hazil xarakterida bo‘lgan.

Biroq ularning ushbu harakatlari “og‘ir oqibatlarga olib keluvchi adovatni qo‘zg‘ash” qonunbuzarligi sifatida baholangan. Mamlakatda tegishli qonun 2017 yilda joriy qilingan. Undan maqsad irqiy, milliy, diniy va boshqa turdagi adovatning oldini olishdan iborat. Biroq jahon ommaviy axborot vositalari bu qonunni mamlakatdagi mediahududni to‘liq nazorat qilishga urinish deb ta'kidlaydi.

Mavzuga oid
Top