Amerikalik ayol velosiped tezligini soatiga deyarli 300 kilometrga yetkazib jahon rekordini o‘rnatdi
Amerikalik Denis Myuller-Korenek velosiped tezligini soatiga 295,6 kilometrga yetkazib jahon rekordini o‘rnatdi. Rekord AQShning Yuta shtatidagi qurib qolgan Bonnevill sho‘r ko‘li sathida o‘tkazildi. Uning tekis tuzli yuzasi ishqalanishni kamaytiradi, shu bois bu yerda maksimal tezlik o‘rnatish uchun turli sinovlar o‘tkaziladi.
45 yoshli Myuller-Korenekning velosipedi maxsus sport avtomobiliga mahkamlandi va avtomobil velosiped tezligini soatiga 241 kilometrga yetkazdi. Shundan so‘ng velosipedni tortib turgan troslar yechib yuborildi va Myuller-Korenek besh kilometr masofani o‘zi bosib o‘tdi.
Velosiped yengil uglerod materiallardan tayyorlangan bo‘lib, maxsus tishli g‘ildiraklar o‘rnatilgandi – ular katta tezlikda ham muvozanatni saqlash hamda pedal bir marta tepilganida 40 metrgacha yurish imkonini berardi.
Avvalgi jahon rekordi gollandiyalik Fred Rompelbergga tegishli: u 1995 yilda tezlikni soatiga 268,7 kilometrga yetkazgan. Ayollar o‘rtasidagi rekord esa Myuller-Korenekka tegishli: u 2016 yilda velosiped tezligini soatiga 237,7 kilometrga yetkazgan.
Mavzuga oid
19:16 / 23.11.2024
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
16:11 / 22.10.2024
Kanadalik erkak itlarni sayr qildirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U bir vaqtda 38 ta itning jilovini ushlab yurgan
19:43 / 21.10.2024
Humanoid robot uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
12:14 / 11.10.2024