11:50 / 18.09.2018
71620

Buxoroda yo‘lovchi avtobus halokatga uchrashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Hodisa tafsilotlari ma'lum qilindi

18 sentabr kuni soat 08:30 atrofida Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi Buxoro-Qorovulbozor magistral yo‘lida harakatlangan yo‘lovchi avtobusida noxush hodisa ro‘y berdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, avtobusdagi gaz balloni portlashi natijasida 4 yo‘lovchi voqea joyida, 1 kishi esa shifoxonada vafot etgan.

Avtobusda jami 26 kishi bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda ahvoli og‘ir bo‘lgan 5 nafar bemor Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) Buxoro filialiga yotqizilgan. Yana 7 nafar bemorning ahvoli o‘rta og‘irlikda, 9 nafarining ahvoli yengil bo‘lib, ular Kogon shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

«Jarohatlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilib, RShTYoIMdan xirurg, neyroxirurg va reanimatolog mutaxassislari sanaviatsiya tarmog‘i orqali yuborilgan», deyiladi xabarda.

Hozirda jabrlanganlarning shaxsi to‘g‘risidagi ma'lumotlar aniqlanmoqda.

Avtohalokat sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgan.

 

Mavzu
Buxorodagi fojia
18 sentabr kuni ertalab Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi «G‘uzor-Buxoro-Nukus» A-380 avtotrassasining 201-kilometrida Isuzu avtobusida gaz ballonining portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Barchasi
Top