08:29 / 24.09.2018
4661

Tramp Abe bilan muzokaralar mavzularini oshkor qildi

Foto: REUTERS

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning aytishicha, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan mudofaa hamda savdo masalalarini muhokama qilishni rejalashtirgan. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozdi.

Amerika yetakchisining ta'kidlashicha, Yaponiya bosh vaziri bilan muzokaralar Nyu-Yorkdagi Trump Tower’da kechqurun bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan edi.

«Bugun kechqurun Yaponiya bosh vaziri Abe bilan uchrashaman. Biz harbiylar va savdo masalalarini muhokama qilamiz. Yaponiyaga yordam berish uchun ko‘p narsa qildik, endi nisbatan teng munosabatlarni ko‘rishni xohlaymiz. Bu ish beradi!», - deb yozgan Tramp.

Shuningdek, AQSh prezidentining xabar berishicha, Abeni saylovlardagi «ishonchli g‘alaba» bilan tabriklash niyatida.

Mavzuga oid
Top