09:56 / 25.09.2018
14325

Yil laureatlarini aniqlash so‘rovnomasida Kuper va Ahmedov kimlarga ovoz bergan?

Kecha, 24 sentabr kuni Londonda FIFA talqini bo‘yicha futbol olamida 2018 yilning eng yaxshilari aniqlandi.

Unga ko‘ra, Xorvatiya terma jamoasi va «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich eng yaxshi futbolchi, Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham eng yaxshi murabbiy deya e'tirof etildi.

FIFAning «Eng yaxshi» sovrinlari ovoz berish orqali aniqlanadi. 25 foiz ovoz muxlislar va jamoatchilik fikri, yana 25 foiz jahon ommaviy axborot vositalari bergan ovozga asoslanadi. Qolgan 50 foizlik ovoz berish huquqi barcha terma jamoalar bosh murabbiylari (25%) va ularning sardorlariga (25%) berilgan.

FIFA rasmiy sayti ovoz berish yakunlari bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper va «UzReport» telekanali sharhlovchisi Davron Fayziyev quyidagi nomzodlarga ovoz bergan:

Eng yaxshi o‘yinchini aniqlash so‘rovnomasi
Odil Ahmedov:

1. Lionel Messi
2. Krishtianu Ronaldu
3. Luka Modrich

Ektor Kuper:
1. Lionel Messi
2. Krishtianu Ronaldu
3. Luka Modrich

Davron Fayziyev:
1. Luka Modrich
2. Krishtianu Ronaldu
3. Lionel Messi

Eng yaxshi murabbiyni aniqlash so‘rovnomasi
Odil Ahmedov:

1. Zinedin Zidan
2. Xosep Gvardiola
3. Yurgen Klopp

Ektor Kuper:
1. Dide Desham
2. Diyego Simeone
3. Zinedin Zidan

Davron Fayziyev:
1. Zlatko Dalich
2. Yurgen Klopp
3. Zinedin Zidan

Ma'lumot o‘rnida, 1-o‘rinda ko‘rsatilgan laureatga 5 ball, 2-o‘rindagi nomzodga 3 va 3-o‘rinda qayd etilgan da'vogarga 1 ball hisoblanadi.

Top