Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston pochtasi»ning Samarqand filiali rahbari 40 000 dollar bilan ushlandi
Joriy yilning 22 sentabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Loish shaharchasida yashovchi U. Yo.ning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «O‘zbekiston pochtasi» AJ Samarqand filiali direktori Sherali Umarov yuqori turuvchi rahbarlarga va o‘ziga jami 100,0 ming AQSh dollari berishini talab qilib, shundan 40,0 ming AQSh dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, Umarov filialning ma'muriy binosi hududidan 30x7 metr yer maydonini U.Yoga ajratib berish uchun «O‘zbekiston pochtasi» AJning kuzatuv kengashi qarorini chiqartirib berishi evaziga pora talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida viloyat prokuraturasi tomonidan Umarov Sheraliga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:23
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025